Maqola 1.03.2024 Admin: Vaker 33 0

MUZEYLAR TARIXI VA JAMIYATDA TUTGAN O’RNI

To’rayeva Farog’at Islomaliyevna 

 San’atshunos-muzeyshunos



REZYUM

Mazkur ilmiy maqolada muzeylar tarixi, o’rni va qo’shimcha sifatida ilk muzeylar qachon tashkil topganligi xamda qachondan boshlab, qaerlarda va qanday rivojlanib borganligi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Muzeylar tarixi va faoliyati, jamiyatdagi o’rni qay darajada ekanligi o’rganilib, tahlillar asosida yoritilgan.  

Kalit so’zlar: tarix, muzey, ilk muzeylar, eksponat, muzeyshunoslik,

 

ИСТОРИЯ МУЗЕЕВ И ИХ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ  

РЕЗЮМЕ

 

 В данной научной статье содержится информация об истории музеев, их месте, а кроме того, когда были основаны первые музеи, когда, где и как они развивались. На основе анализа изучаются и освещаются историяи деятельность музеев, их роль в обществе.                                                                                                                                                                                                                                       

Ключевые слово:   история, музей, ранние музеи, выставка, музеология,

 

HISTORY OF MUSEUMS AND THEIR ROLE IN SOCIYETY     

RESUMEE

This scientific article contains information about the history of museums, their place and in addition, when the first museums were founded, when, where and how they developed. The history and activities of museums, their role in society are studied and illuminated based on analysis.                                                                                                               

Keywords: history, museum, early museums, exhibit, museology,

 

 

  1. Dolzarbligi.                                                                                                                                                                                                                                                                                         Butun insoniyat borki, tarixsiz, xotirasiz emas! Har bir xalqning, millatning, o’z tarixi, madaniyati, etnografiyasi, milliy merosi va o’z arxitektura yodgorliklari mavjud. Bugungi kunga kelib yosh avlod tarixga yuzlanmoqchi ekan, uni o’z ko’zlari bilan muzey eksponatlarida ko’rishlari mumkin. Muzeylar tarixi va  faoliyatini yaqindan o’rganish, ularning mazmun va ma’no jihatidan rang – barang turlarini ajratish , xalq orasida keng targ’ib qilishning xilma – xil usullarini joriy qilish mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi. Bundan tashqari ijtimoiy – madaniy taraqqiyotning xozirgi bosqichida muzeylar faoliyatini va ularning jamiyatda tutgan o’rnini umumiy tarzda tahlil qilib, undan hulosalar chiqarish juda muhimdir. 
  2. Metodlar va o’rganilganlik darajasi.

 

Tadqiqot jarayonida muzeylarning jamiyatdagi o'rni,  milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan tariximizning eksponatlarda namoyon qilinishi va  mustaqillik g’oyasi bilan yo’g’rilgan muzey ishlariga ilmiy nazariy yondashildi. Zamonaviy maqolalar  va umumlashtirma tahlillar asosida hulosalar berish, tizimlashtirish, ilmiylik, sivilizatsion yondashuv tadqiqotning  metodologik asosini tashkil qiladi. D.T.Kuryazovaning “O’zbekistonda muzey ishi tarixi”, o’quv – uslubiy qo’llanmasi,  N.Sodiqovaning “Madaniy yodgorliklar xazinasi” kitobi shuningdek: “Сохранение и использование обьектов культурного наследия: теоретические и прикладные аспекты” va F.Ernazarov, S.Nishonov, l.Murtazayevalarning  muzey tarixi va jamiyatda tutgan o’rni, faoliyati, ularni rivojlantirish omillari bo’yicha yozgan ilmiy maqolalari ham e’tiborga molikdir. 

   

  1. Tadqiqot natijalari.

 

Avvalo insoniyat hayotida muzeylarning paydo bo’lish tarixiga qisqacha to’xtalib o’tsak. Muzey yunoncha so’z bo’lib, muza, muzeun so’zidan kelib chiqqan. Muzeun – bu go’zal buyumlar saqlanadigan joy degan ma’noni anglatadi. Dastlabki muzeylar ham aynan funksional jihatdan xozirgi muzeylardan unchalik farq qilmagan bo’lsada, biroq ular ham noyob  buyumlarni saqlash va namoyish qilish vazifasini bajargan. Ammo qadimda muzeylar alohida muassasa sifatida faoliyat ko’rsatmasdan, ma’lum vaqtlarda yoki birorta tadbir tarkibida o’tkazilgan hamda buyumlarga eksponat sifatida emas balki, kolleksiya namunasi sifatida e’tibor berilgan. Chunki turli mavzulardagi noyob buyumlar aholining o’ziga to’q tabaqasi, amaldorlardan iborat kolleksionerlar tomonidan yig’ilgan va xalqqa namoyish etilgan[1]. Butun dunyo madaniyat va san’at ihlosmandlari uchun o’tmishdan “jonli ertaklar” hikoya qiluvchi sokin va sirli go’shalar – muzeylar doim ham alohida e’tiborga loyiq bo’lib kelgan. Shuningdek, ular orqali   tarixiy va madaniy merosga bo’lgan munosabat ifodalanadi. Muzeylarda moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini to’plash va namoyish etish barobarida, ilmiy-ma’rifiy hamda ta’lim – tarbiyaviy yo’nalishdagi ishlar ham olib boriladi.  Muzeyshunoslik bugungi kunga kelib, o’zining muayyan faoliyat turiga ega soha bo’lib rivojlanmoqda. Muzeylar turli to’plamlarni butlaydi va o’rganadi, ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, ashyolarni saqlash va ta’mirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yo’lko’rsatkichlar  nashr etadi. Bugun bir qancha sohalarni qamrab olgan, asosi tarix bo’lgan , muayyan o’z ish faoliyati doirasiga ega bo’lgan muzeylarning ham o’ziga hos tarixi mavjuddir[2]. Ma’lumotlarga ko’ra, dastlab antik davrda Yunoniston va Rimda kolleksiyalar to’plash an’anasi shakllangan. Yunonistondagi Gelikon tog’i yonida turli tasvirdagi yodgorliklar saqlanadigan joy muzeylarning ilk ko’rinishlaridan biri hisoblangan. Bundan tashqari miloddan avvalgi 16-asrga oid  Kritdagi Knos saroy xazinasi, miloddan avvalgi 13-12-asrlarga oid Xitoydagi Vanlar saroyi va ink kohinlarining arhivi, Nineviya saroy kutubxonasi  va boshqa shu kabi osori-atiqalarda muzeylarning dastlabki ko’rinishlari aks etadi[3]. Qadim zamonlardan ibodatxonalarda to’planib borgan noyob buyumlar keyinroq xususan miloddan avvalgi 3-asrga kelib, shahsiy to’plamlarda jamlanib borildi. Yevropa Uyg’onish davrida san’at, madaniyat va fanda erishilgan yutuqlarning namunalaridan iborat kolleksiyalar to’plash dastlab, Italiyada, so’ng Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda an’anaga aylandi.  Italiyada 15-asrda moddiy – madaniy buyumlarni yig’ish va namoyish etish ishlari aniq tizim asosida tashkil etilgan. Bu davrda xayvonot va o’simlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya  asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar to’plangan. Tabiiy, ilmiy, etnografik va tarixiy, badiiy, noyob asarlar jamlangan saroy to’plamlari shuxrat qozongan. Dastlab muzey va ular haqidagi tavsiflar, shuningdek muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham paydo bo’lgan. Florensiya, Rim, Drezden va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari to’plamlari shu davrga mansub bo’lib, 17-18 – asrlarga kelib, Fransiya, Angliya, Germaniyada ham muzeylar tashkil etish odat tusiga kirgan va keyinchalik ko’plab davlat milliy muzeylari negizini tashkil qilgan tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, san’atshunoslikka oid bo’lgan shahsiy to’plamlar shakllangan[4]. 1753-yil ochilgan Londondagi “Britaniya muzeyi”, 1793-yil tashkil etilgan Parijdagi “Luvr” muzeyi G’arbiy Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar sanaladi. 19- asrga kelib dunyo miqiyosida ko’plab yirik muzeylar vujudga keldi. Shu bilan birga O’rta Osiyoda ham katta muzeylar barpo etildi. Toshkentda ilk muzey 1876-yilda ochilgan hozirgi “O’zbekiston tarixi davlat muzeyi”  va “O’zbekiston Davlat san’at muzeyi”, keyingi yillarda asos solingan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, “Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi” va ko’plab muzeylarni misol keltirish mumkin. Bundan tashqari 20-asrda O’zbekiston hududida ko’plab  badiiy va uy muzeylar ham tashkil etildi. Xozirgi kunda ham ushbu badiiy va uy muzeylari o’z faoliyat turiga va   keng tomoshabinlar zaliga egadir hamda noyob ekspozisiyalari, ko’plab nodir asarlarga ega fondi mavjuddir. Xattoki, ko’plab olimu tadqiqotchilarimiz tomonidan o’rganilib, muzey ishiga doir minglab asarlar, qo’llanmalar chop etilmoqda, yosh kadrlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilib, o’rganilmoqda. Muzeylarning ommaviy-g’oyaviy, ta’limiy ishi kommunikatsiyasining muhim elementini tashkil etgan holda ijtimoiy faol shaxhsni shakllantirishga, uni g’oyaviy, ahloqiy, estetik tarbiyalashga, bilimdonligini, axborotliligini chuqurlashtirishga yo’naltirilgan. Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbiga va ongiga singdirishda, milliy o’zligimizni anglashda, ijtimoiy faollikni o’rgatishda, komil insonni tarbiyalashda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan muzeylar jamiyatimizda muhim o’rin tutmog’ lozim. Bugun jamiyatimizda yuz berayotgan tub ijtimoiy – iqtisodiy o’zgarishlar, xalqning madaniy darajasini o’sib borishi, tarixga, tarixiy yodgorliklarga qiziqishining ortib borishi , oxir oqibat muzeylarning ommalashuviga olib kelmoqda. Shu bilan birgalikda jamiyatchilikda axborotni boshlang’ich maktabdan olishga bo’lgan intilish kuchaymoqda. Biroq bu ob’ektiv jarayonlar, muzeyni ommaviylashtirishga qo’shimcha kuch sarflashdan ozod qilmaydi. Muzeyning ilmiy nashrlari uning ommaviylashuviga katta hissa qo’shadi hamda reklama qilishda ommaviy axborot vositalarning ta’siri va yordami juda kattadir. Ular o’z dasturlarida va sahifalarida muzey ishini yoritib, muzey ekspozitsiyasini, ularda saqlanayotgan kolleksiyalarni ko’rsatish bilan birga ular xaqida hikoya qilib, reklama ma’lumotlarini ham beradilar. Tarbiyaviy ishlar tizimida muzeylarning o’rni juda sermahsul bo’lib, yoshlar oldiga quyidagi vazifalarni: birinchidan, jamiyat hayoti va xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealarni, davlat va harbiy arboblarnig, xalq qahramonlarining hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan binolar, inshootlar, esdalik joylarni o’rganishni; ikkinchidan, arxeologik yodgorliklarni: ko’hna shaharlar, qo’rg’onlar, qal’alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yo’llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylar-mozoratlarni, tosh xaykallar, qoyadagi tasvirlarni, qadimiy buyumlarni o’rganishni; uchinchidan, me’morchilik obidalari,tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko’chalar, shahar va boshqa aholi yashaydigan manzillarning qadimiy tuzilishi, qurilishi va qoldiqlarini; sanoat, harbiy, diniy, xalq me’morchiligi inshootlari, tabiat landshaftlarini o’rganishni; to’rtinchidan, san’at yodgorliklari – monumental, tasviriy, amaliy – dekorativ va boshqa turdagi san’at asarlarini; beshinchidan, yodgorlik hujjatlari – davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma va grafik hujjatlar, kino-foto hujjatlar va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy va boshqa qo’lyozmalar hamda arhivlar, folklor va musiqa yozuvlari va shu kabi nodir materiallarni izlab topish, o’rganish va umumlashtirish vazifalarini qo’yadi. Madaniy merosimizni har tomonlama o’rganish jamiyatimiz kelajagi bo’lgan yigit va qizlarda milliy g’urur, milliy iftihor tuyg’usiningshakllanish jarayonini amalga oshiradi. Mustaqillik tufayli muzeyda olib borilayotgan ilmiy-ommaviy ishlarning mazmun mohiyati o’zgarishi bilan yuqori saviyaga ko’tarilganligi va bu borada rang-barang tadbirlar o’tkazilayotganligini ko’rishimiz mumkin[5]. O’quv tadbirlarni muzeyda tashkillashtirish  va o’tqazishdan maqsad shuki, noyob eksponatlaridan foydalanib ko’rgazmali o’tkazilishi yoshlar qalbida ajdodlarimiz merosiga bo’lgan hurmat, ehtirom tuyg’ularini kuchayishida katta omil bo’lib hizmat qiladiva yosh o’quvchi talabalar orasida jonli ekskursiyalarni ko’paytirish ham foydadan holi emasdir. Natijada o’quvchi zallardagi va zahiradagi moddiy – madaniyat buyumlarini o’z ko’zlari bilan ko’radi va shunga loyiq hulosa, tahlillar qiladi. Har bir ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ekskursiyaga yosh avlodni olib borganda o’z oldiga quyidagi talablarni qo’yib borishi maqsadga muvofiqdir: 

  • Muzey va uning jamlanmalari orqali ta’lim oluvchilarda qiziqish uyg’otish;
  • Yoshlarda muzey yodgorliklariga ehtiyotkorona, hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni mamlakatimiz tarixi, madaniyatining bir qismi sifatida anglash tuyg’ularini shakllantirish;
  • Muzey o’zida jamlangan materiallar vositasida ta’lim oluvchilarning bilim doirasini kengaytirishda munim o’rin tutishini eslatib qo’yish;
  • Muloqotchilikni shakllantirish – muzey mavzusiga oid mavzularda qiziqishlar bo’yicha turli tadbirlarning tashkil etilishi jarayonida o’quvchi – talaba yoshlar faol muloqotga chorlanadi va taqdim etilayotgan muzey – axborotlari muloqotchanlikka qulay imkoniyat yaratadi, bunda mazmunli, qiziqarli, norasmiy shaxsiy muloqot yuzaga keladi va bu uchrashuv, seminar, viktorina va boshqa tadbirlar shaklida ham o’tkazilishi mumkin. 

Muzeylarga tashrif buyurganda har bir pedagog birinchi navbatda, o’sib kelayotgan avlodga o’tmish ajdodlari ruhiga hurmat bilan munosabatda bo’lish, o’z Ona Vatani tarixiga qiziqishini o’stirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchi va talaba yoshlarda muzey madaniyatini shakllantirishga yo’naltirishi lozim.

 

  1. HULOSA

Tabiiyki muzeylar, tarix va madaniy merosning ajralmas qismidir va   madaniy – ma’rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma’naviy komolotga yetkazishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularning zamon talablari darajasida ish olib borish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Muzeylar to’g’risida”gi qonuni hamda Prezidentimizning 1998- yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda [6]. Xolbuki, muzeyshunoslik va muzey ishi tarixini o’rganar ekanmiz, Rossiya imperiyasi, sovetlar davrida ham bu kabi keng qamrovli hujjat bo’lmaganligini alohida ta’kidlash zarur. Farmonda sohaning barcha jihatlari va ularni takomillashtirish ishlari ko’rsatib berilgan. Hozirgi  davrda muzeylar turizm sohasining yetakchi tarmog’iga aylanib bormoqda hamda tariximiz bilan bog’liq 2,5 milliondan ortiq noyob ashyolar va kolleksiyalar mavjuddir. Muzeylarning ijtimoiy xayotimizda tutgan o’rnini yuqoriga ko’tarish va tashrif buyuruvchilarning sonini oshirish maqsadida davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasi “Ochiq eshiklar kuni” deb e’lon qilindi va tashrif buyuruvchilarga bepul etib belgilandi. 2022-yilda o’quvchi va talabalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari, nogironligi bo’lgan shaxslar, keksalar va boshqa fuqarolarning muzeylar va mamlakatimizning tarixiy manzilgohlariga tashriflarini tashkil etish maqsadida “Moziyga sayohat” dasturi ishlab chiqildi. 2022-2023-yillarda Respublikadagi davlat muzeylari tomonidan 400 dan ortiq ko’chma ko’rgazmalar tashkil etildi[7].  . Yurtimiz istiqloli respublikamiz ma’naviy hayotida yangi istiqbollarni ochdi. Hususan jamiyat va inson hayotida muhim o’rin tutuvchi muzey va muzeyshunoslikka davlat siyosati darajasida e’tibor berildi. Yildan – yilga ilm – fan rivojlanib, sohalar saloxiyati ortishi yosh avlod uchun keng imkoniyatlar eshigining ochilishiga turtki bo’lmoqda. Tarix bilan hayotimiz go’zal va ma’lumotlarga boy ekan, muzeylarimiz ham noyob ashyolarga to’lib boraveradi. Yurtimizdagi balki butun jahondagi katta – kichik muzeylarning asosini tarix fani tashkil etadi. Eng qadimgi dunyo tarixi, insoniyat tarixi yaralishidan bugungi kungacha davom etib kelayotgan jarayonlar, arxeologik topilmalar, noyob ashyolar, nodir asarlar muzeylarning durdona eksponatlari bo’lib xizmat qiladi. Muzeylar sohasi va faoliyati tarix fani bilan uzviy chambarchas bog’liqdir, qaysi bir yo’nalishda ochilgan muzey bo’lmasin, albatta o’sha yo’nalishning o’z tarixiga ega ekanligi  barchamizga ma’lumdir. Hoh ijtimoiy, hoh siyosiy, hoh tarixiy, hoh turizm  yoki boshqa sohaga tegishli bo’lmasin muzeylar yirik ijtimoiy institut sifatida ham o’z qirralarini namoyon etmoqda va tadqiq qilinib, yangicha g’oyalar bilan rivojlanmoqda . Shu bilan bir qatorda  2022-yildan boshlab Respublika muzeylar faoliyatini baholash tizimi yo’lga qo’yildi va O’zbekiston muzeylari yagona portali yaratildi. Davlatimiz rahbari bu tarixiy – madaniy maskanlarning xalqimiz hayotidagi o’rniga e’tibor qaratayotgani bejiz emas. Shunday ekan madaniy boyliklarimizni asrab –avaylashda, kelajak avlodga bekamu – ko’st yetib borishida biz ham holisona o’z   hissamizni qo’shaylik. 

 

  1.  ADABIYOTLAR RO’YXATI:
  2. F.Ernazarov. muzeylar tarixi xaqida. https://oyina.uz       
  3. Nishonov S . Dastlabki muzeylar tarixi. www. Scientificprogress.uz 2021y
  4. Krushkol. Qadimgi dunyo tarixi. “O’qituvchi”.T.,1964. 
  5. https//present5.com/muzei-mira-muzej-v-perevode-s/
  6. Kuryazova D.O’zbekistonda muzey ishi tarixi.-T.: San’at.2010-b.42 
  7. L.Murtazayeva. muzeylar –o’tmish va kelajak orasidagi ko’prik.-T.2018
  8. Uzreport news yangiliklari. 2023-yil

 

Mashhur Yangiliklar
240x400
Yangi maqolalar