Maqola 4.02.2024 Admin: Vaker 21 0

Didaktik o`yinlar


Toshkent viloyati

Boʻstonliq tumani

Farabi uz xususiy maktabi

Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

Usarova Nodira Alimovna

 



Didaktik o`yinlarning asosiy turlari intellektual ( aqliy ) va harakatli hamda aralash o`yinlardan iborat. Bu o`yinlar ishtirokchilarda aqliy – jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim tarbiya jarayonida asosan o`quvchlarda ta’lim olish motivlarini ularning turli yo`nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan didaktik o`yinlardan foydalaniladi. Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, ro’lli, ishchanlik va boshqa yo`nalishlar bo`yicha turlarga ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi didaktik o`yinlardan foydalaniladi va alohida o`ringa ega bo`lib bormoqda. Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional mavzuli konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ishlatiladi. Bularning orasida didaktik o`yinlar ta’lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini borishi bilan alohida o`ringa ega. O`yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakllari hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o`yinlarning ta’lim – tarbiyaviy ahamiyatini o`rganish va yanada oshirish bo`yicha tadqiqot olib borishiga asos bo`ldi. Natijada oldingi asrning 60-yillari boshida AQSH so`ngra boshqa G`arb mamlakatlarida ishchanlik o`yinlari qo`llanila boshlandi. Ishchanlik o`yinlari tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb takidlaganlar. Didaktik o`yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi marta 1939- yilda A.F. Osborn qo`llagan. Bu usulni g`oyalar banki deb ham nomlagan. U muammolarni quyidagicha yechishga asoslanadi.

Didaktik o‘yinlar texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va

jadallashtirishga asoslangan. Ular o‘quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro‘yobga

chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda

katta ahamiyatga ega.

Ta’lim – tarbiya jarayonida asosan o‘quvchilarda ta’lim olish motivlarini,

ularning turli yo‘nalishdagi qobilyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga

moyilliklarini ko‘rsatadigan didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.

Didaktik o‘yinlar nazariy, amaliy jismoniy, roli, ishchanlik va boshqa

yo‘nalishlar bo‘yicha turlari bo‘yicha ajratiladi. Hozirda kompyuter vositasidagi

o‘yinlar alohida o‘ringa ega bo‘lib bormoqda.

Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish,

hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish hulosa chiqarish, mustaqil

qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, ahloq odob o‘rgatish, yangi

bilimlar o‘rgatish va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan

o‘yinlarga ajratiladi.

Didaktik o‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida

erishish qiyin bo‘lgan ta’lim –tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

Turli o‘quv fanlariga oid didaktik o‘yinlar mavjud bo‘lib, ular shu fanlarni sifatli

o‘rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.

Umumiy o‘yinlar nazariyasiga, mavjud barcha o‘yin turlarini tasniflashda ularni

funksional, mavzuli konsturuktiv, didaktik, sport va harbiy o‘yinlariga ajratiladi.

Bularning orasida ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatini berishi

bilan alohida o‘ringa ega. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat

shakli hisoblanadi. Bu esa pedagog va psixolok olimlar tomonidan shu yosh

davridagi o‘yinlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o‘rganish va yanada oshirish

bo‘yicha tadqiqotlar olib borilishiga asos bo‘ldi.

Natijada, oldingi asrning 60-yillari boshidan AQSH-da so‘ngra boshqa g‘arb

mamlakatlarida ishchanlik o‘yinlari qo‘llanila boshlandi. Ishchanlik o‘yinlari

tadqiqotchilari bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat

deb takidlaganlar.

 

Mashhur Yangiliklar
240x400
Yangi maqolalar