Maqola 4.02.2024 Admin: Vaker 35 0

Bog‘cha bolalarda uchrovchi qo‘rquvlar


 

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani 

16 -DMTT tarbiyachisi 

Elmurodova Norsulik



 

Annatatsiya: Tor ma`nodagi psixogimnastika, Keng ma`nodagi psixogimnastika, Korrektsiya ishining mustaqil metodi sifatida psixogimnastikani qo`llash, Artterapiya usuli yordamida bolalardagi qo`rquv xolatini tuzatish, Musiqaterapiya usuli yordamida bolalardagi qo`rquv xolatini tuzatish, Artterapiyadan asosiy va yordamchi uslublar sirasida ham foydalanish;

 

Kalit so`zlar:psixogimnastika, bolalar, qo`rquv, xolat, kuzatish, guruh, tuzatish, foydalanish, tana tili, xodisa, imkoniyat, shaxs, idrok, o`yinlar, ijtimoiy, metod, samarali, jarayon;

 

Psixogimnastika usuli yordamida bolalardagi qo`rquv xolatini tuzatish Psixogimnastika – bu guruh a`zolarining o`zini namoyon qila oladigan va

nutqsiz munosabatga kirisha olishini ta`minlovchi metoddir. Bu samarali vosita yordamida shaxsning ijtimoiy xodisalarni idrok qilishi uchun eng qulay sharoit yaratiladi, «tana tili»ga e`tibor beriladi, atrof-hayot munosabatlarini ifodalashga imkoniyat yaratiladi. «Psixogimnastika» termini keng va tor ma`noda qo`llaniladi. Guruh a`zolarining asosiy kommunikatsiya vositasi imo-ishorali harakatlar bilan ta`sir o`tkazish hisoblanadi.

Tor ma`nodagi psixogimnastika o`yinlar, etyudlar ko`rinishida bo`lib,

guruh a`zolari aloqa vositasi sifatida nutqsiz harakatni qo`llaydilar. Psixogimnastikaning bu turi guruhiy korrektsiya vazifalarini bajarishga yo`naltirilgan, ya`ni o`zaro aloqa urnatish, tarang vaziyatni ko`tarib tashlash, qarama-qarshi tomon aloqalarini ishlab chiqish va hokazo.

Keng ma`nodagi psixogimnastika– bu maxsus mashg`ulotlar kursi bo`lib, uning yo`nalishini bilishga oid va shaxsiy emotsional tomondan rivojlantirishga va korrektsiya qilishga qaratilgandir.

Guruh bilan ishlashning no`tqsiz usuli sifatida psixogimnastika xissiy kechinmalarning paydo bulishi, emotsional holatlarning kechishi, xarakatlarni bajarishdagi muammolar, yuz mushaklarining ma`noli xarakatlari, imo-ishoralar bilan qilinadigan xarakatlarni nazarda tutadi, mijozga o`zini namoyon qilishga va so`z yordamisiz muloqot urnata olishga imkon yaratadi. Bu qayta tiklovchi

psixokorrektsiya metodi bo`lib, maqsadi – mijoz shaxsini o`rganish, tushunish va o`zgartirishdir.

Psixogimnastika 3-qismdan iborat bo`lib, har bir qism o`zining mustaqil vazifalari va shaxsiy metodik vositalari bilan xarakterlanadi:

tayyorgarlik kismi;

pantomimika (imo-ishorali xarakatlar) qismi;

yakuniy qism.

Psixogimnastika mashg`ulotining tayyorgarlik qismi

Vazifalari:

guruh a`zolaridagi tarang, xayajonli holatni pasaytirish,

qo`rquv va «mumkin emas» degan tushunchalarni olib tashlash,

diqqatni rivojlantirish,

o`zi va boshqa odamlarning harakat faolligini seza olishni shakllantirish,

guruh a`zolari o`rtasidagi emotsional masofani qisqarttirish,

o`zi va boshqalarning     xis-tuyg`ularini, xissiy holatini, muammolarini no`tqsiz ifodalash va tushunishni shakllantirish.

Tayyorgarlik qismi qoidasi asosan diqqatni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardan boshlanadi. Bu turdagi  mashqlarga kuyidagilar kiradi:

kechikish (orqada qolish) mashqi. Guruh a`zolari oddiy gimnastika mashqini boshlovchidan bir xarakatga ortda qolib ketma-ket ravishda qaytaradilar. Mashq tezligi sekin-asta ortib boradi;

ritmni doira buylab o`zatish. Guruh a`zolarining hammasi bir-birining ortidan doira buylab berilgan ritmni chapak chalib takrorlaydilar;

harakatni doira buylab o`zatish. Guruh a`zolaridan biri tasavvuridagi predmet bilan shunday         harakat bajara boshlaydiki, bu harakatni keyingi ishtiroqchi davom ettira olishi kerak. Keyingi ishtiroqchi ham tasvirlangan predmet bilan bog`lik boshqa biron harakatni bajarishi va bu predmet doira buylab turli harakatlar bilan aylanib chiqishi lozim;

oyna. Guruh         a`zolari        juft-juft       bo`lib          ajraladilar    va      navbatma-navbat  o`z sheriklarining harakatini takrorlaydilar.

Mashqlarning yana bir turi asosan tarang holatni olib tashlashga muljallangan bo`lib, oddiy harakatlardan tashkil topgan. Masalan: «Men so`vda yurib ketayapman»,

«Ishdan qaytayapman», «Guruhdagi mashg`ulotga ketayapman» v. h. Bu turkumga

«Uchinchisi ortiqcha» tipidagi mashqlar ham taalukli bo`lib, ulardan turli harakatli o`yinlar sifatida foydalanish mumkin.

Keyingi turdagi mashqlar guruh a`zolari o`rtasidagi emotsional masofani qisqartirishga, hamkorlikda         ishlashga     va      o`zaro yordamni rivojlantirishga yo`naltirilgandir.Bunda bevosita      aloqani                 nazarda                 tutuvchi      fazoviy masofani kamaytiruvchi mashqlardan foydalaniladi; juft-juft bo`lib tor kuprikda ajralish, stulga utirish, boshqa odam bilan mashg`ul bo`lish, xafa bo`lgan odamni tinchlantirish, davra buylab sezgilari, xis-tuyg`ularini o`zatish. Ohirgi mashqda guruhning barcha a`zolari ko`zlarini yumib, doira bo`lib utiradilar. A`zolardan biri qulini sal tekizish orqali qandaydir sezgini yonidagi sherigiga o`tkazadi. Sherigi esa o`z navbatida yonidagi sherigiga xuddi shu hisni mazmunini o`zgartirmay faqat o`z usuli yordamida o`tkazishi lozim. Bir his (sezgi) turli harakatlar, qulning sal tegishi yordamida ifodalanadi, davra buylab aylanadi. Bu turdagi mashqlar mijozdagi xavfsirash hissini yo`qotishga, o`zaro ishonch, bir-birini xissiy tushunish, qabul qilishga yordam beradi.

Yana qator mashqlardan ham foydalaniladiki, ular orqali kishi boshqalarning nutqsiz ifodalagan holatini, fe`l-atvorini tushunishi, o`z xis-tuyg`ulari va fikrlarini ham nutqsiz ifodalash malakasini shakllantirishga qaratiladi. Ya`ni qul harakatlari yordamida sherigi bilan biror narsaga kelishib olish (kalin oyna orqali so`zlashuv); kandaydir holat yoki his-tuyg`ularni tasvirlash: hursandchilik, xafachilik, achchiqlanish, g`ijinish, achinish, hamdardlik bildirish va boshqalar. O`zi yoki boshqa birovning psixologik sifatlarini tasvirlash (men hozir qandayman, men qanday bo`lishni istardim, atrofimdagilarga qanday ko`rinaman); boshqa odamning no`tqsiz muomalasi, fikrlari, his-tuyg`ularini tushunish, guruh e`tiborini o`ziga tortish va boshqalar.

Yuqorida sanab utilgan hamma mashqlar tayyorgarlik qismida o`tkaziladi, vaholanki bu mashqlar korrektsiyalashning ohirgi bosqichlarida o`tkazish muhim sermazmun vazifani bajarishi mumkin. Ishning dastlabki tayyorgarlik davrida tayyorgarlik qismiga mashg`ulotning yarmidan ko`p vaqtini, ba`zan esa hamma vaqtni ajratish mumkin. Chunki bu qismda havotirlanish, zo`riqish, mijozning o`zini erkin tutolmasligi, aloqa o`rnatishdagi qo`rquv kabilar urganilmagan sharoitda kuchayadi, va aynan shuning uchun bunday ko`rinishlarni bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar o`tkazish zarur bo`ladi. Bunday hollarda guruh a`zolarida qanday  kechinmalar bo`lganini muhokama qilishga kam vaqt ajratilib, eng umumiy kechinmalar bilangina cheklanib qolinadi. Mashqlarni tanlash va davomiyligi guruhning umumiy holatiga, rivojlanishiga, maqsad va vazifalariga ko`ra aniqlanadi.

Ba`zi hollarda psixogimnastikaning birinchi mashg`ulotlari boshlang`ich qism mashqlaridan iborat bo`lishi mumkin. Shuning uchun bu bosqichda haddan ziyod murakkab pantomimik vazifalar bermaslik va mashqlarni izohlashga berilib ketmaslik kerak. Bunday sharoitda guruhga diqqatni mashq kiluvchi, no`tksiz ta`so`rotlarni to`shunish ko`nikmasini rivojlantiruvchi o`zaro emotsional masofani kichiraytiruvchi umumiy mashqlar tavsiya qilish samarali natija beradi. Keyingi bosqichlarda pantomimik vazifalarning salmog`i ortadi.

  

Foydalanilgan adabiyotlar:

 

www.bilimdon.uz, www.tatu.uz, www.ziyonet.uz. www.de.uz.

www.psycho.all.ru, www.rsvpu.ru, www.herzen.spb.ru,

www.v1ados.ru, www.psycho1odies.ru, www.piter.press.ru.

www.дsyedu.ru, www.дsy.net.ru, www.дsylib.org.ua.

 

Mashhur Yangiliklar
240x400
Yangi maqolalar